Yurtimizda yana 2 ta masjid qayta qurilmoqda

Masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash VAQF fondining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

O'tgan davr mobaynida fond tomonidan bu vazifa, homiylar bilan hamkorlikda keng qamrovda bajarilmoqda. Mana shunday xayrli ishlarning navbatdagisi Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham amalga oshirildi.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani «Moybuloq» jome masjidi va Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi “Hazrat” jome masjidlarida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari uchun, fond tomonidan har biriga 10 000 000 so'mdan xayriya qilindi. 

Saxovatpesha hamyurtlarimizni Allohning baytlaridan birining qurilish va ta'mirlashiga hissa qo'shishga chorlab qolamiz!

VAQF XJF Matbuot xizmati

Yurtimizda yana 2 ta masjid qayta qurilmoqda
11 Mart, 2022 yil | 778