Namanganda mujtojlar uchun oziq-ovqatlar tarqatildi

Vaqf xayriya jamoat fondi, Germaniyaning xalqaro «Hesene» xayriya tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi 300 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bor, kam taʼminlangan oilalar uchun "Ramazon tuhfasi" oziq-ovqat xayriya mahsulotlarini tarqatdi.

Germaniyaning xalqaro «Hesene» xayriya tashkiloti vakillari va Vaqf fondi xodimlari muhtoj xonadonlarga birma-bir tashrif buyurib, bemorlar holidan xabar olishdi va hadyalarni taqdim etishdi.

Namanganda mujtojlar uchun oziq-ovqatlar tarqatildi
27 Mart, 2022 yil | 388