"Bolalar kuni" munosabati bilan bolajonlarga quvonch ulashildi

VAQF fondi 1 iyun Xalqaro bolalar kuni bayrami munosabati bilan Toshkent shahrining "Anhor sayli" bog‘ida ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisi yo‘q oila farzandlari shuningdek diniy soha xodimlarining bolalari uchun bayram tadbiri tashkil etdi.

Tadbirni Vaqf xayriya jamoat fondi rahbarining birinchi o'rinbosari Muzaffar Salomov ochib berdi va bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. 

Shundan so'ng bolajonlarning qalblariga quvonch ulashish maqsadida turli qo'g'irchoq teatri tomoshalari va turli o'yinlar namoyish etildi. Tadbir so'ngida fond Matbuot xizmati Saidabror Umarov so'zga chiqib, yig'ilgan bolajonlarni bayram bilan tabrikladi. 

Tadbir so'ngida homiylar ANHOR SAYLI BOG'I, LITTLE ITALY PIZZA, TOY BOLA O'YINCHOQLARI, EVOS VA KORZINKA.UZ savdo belgilari tomonidan o'yinchoqlar, shirinliklar to'plami hamda yeguliklar tarqatildi. 

VAQF XJF Matbuot xizmati

30 May, 2022 yil | 562