Video: Farg’onadagi 3 ta masjidga xayriya qilindi

Farg’ona viloyatida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan masjidlarga moddiy ko’mak ko’rsatish hamda muhtoj aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida fond rahbarining birinchi o’rinbosari Muzaffar Salomov mazkur viloyatda bo’lib qaytdi.

Tashrif davomida Yozyovon tumanidagi qurilish-ta’mirlash ishlari ketayotgan “Bilol ibn Raboh” va “Eshmat Mergan” masjidlarining har biriga 10 000 000 so’mdan pul mablag’i, Rishton tumanidagi “Zohidon” masjidiga esa kompyuter va printer jamlanmasi xayriya qilindi.

9 Iyun, 2022 yil | 324