Qashqadaryolik bemor hamyurtlarimizga nogironlik aravachalari hadya qilindi



Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash VAQF xayriya jamoat fondining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo'nalishda fond tomonidan uzluksiz ravishda salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

O'tgan hafta mobaynida fond rahbarining birinchi o'rinbosari Muzaffar salomov bir nechta xayriya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safari bilan bo'lib qaytdi. Tashrif davomida viloyatning Koson va Qamashi tumanlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar nogironligi bor bo'lgan hamyurtlarimizga, nogironlik aravachalari va oziq-ovqatlar xayriya sifatida taqdim etildi.

VAQF XJF Matbuot xizmati    




Qashqadaryolik bemor hamyurtlarimizga nogironlik aravachalari hadya qilindi
29 Iyun, 2022 yil | 610