Oliy madrasa ustozlari uchun xayriya qilindi

Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʼquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash fondning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Bu borada fond tomonidan uzliksiz ravishda salmoqli xayriyalar amalga oshirilib kelmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 29 avgust sanasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Mir Arab” oliy madrasasi o‘qituvchilarini moddiy qo'llab-quvvatlash uchun Vaqf fondi tomonidan 50 000 000 so‘m oliy madrasa hisob raqamiga xayriya sifatida o'tkazib berildi.

Fond Matbuot xizmati

Oliy madrasa ustozlari uchun xayriya qilindi
29 Avgust, 2022 yil | 299