Vaqf fondi 1 kunda Respublikamiz bo'ylab 28 ta maktabga 18 742 dona kitob xayriya qildi

Fuqarolarning diniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash shuningdek islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-maʼrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga ko‘maklashish VAQF xayriya jamoat fondining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Vatanimiz Mustaqilligi bayrami hamda yangi o‘quv yili boshlanishi – birinchi qo‘ng‘iroq munosabati bilan VAQF fondi tomonidan maktab o‘quvchilari hamda ustozlarining maʼrifiy dunyo qarashini yana-da kengaytirish, bilimlarini boyitishga hissa qo‘shuvchi bir nechta turdagi maʼrifiy kitoblarni taqdim etish maqsadida fondning hududiy filiallari rahbarlari tomonidan joriy yilning 5 sentyabr kuni Respublikamizning barcha viloyatlaridagi olis tumanlarda joylashgan 28 ta maktabga tashrif buyurilib jami 18 742 dona kitoblar xayriya sifatimda taqdim etildi. 



VAQF XJF Matbuot xizmati

Vaqf fondi 1 kunda Respublikamiz bo'ylab 28 ta maktabga 18 742 dona kitob xayriya qildi
6 Sentyabr, 2022 yil | 298