Ular bizdek gapira olmaydi va eshitmaydi…

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash Vaqf fondining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Mazkur vazifadan kelib chiqqan holda fond tomonidan yurtimiz bo'ylab ko'plab xayriya tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 9 oktyabr sanasida Vaqf fondi homiyligida Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Zangiota ziyoratgohida eshitish va gapirishda nuqsoni bor bo’lgan 100 nafar hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi.

11 Oktyabr, 2022 yil | 274