Siz bizga keraksiz tadbiri Chirchiq shahrida ham o'tkazildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash Vaqf fondining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 

Mazkur vazifadan kelib chiqqan holda fond tomonidan yurtimiz bo'ylab ko'plab xayriya tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan joriy yilning 10-11 oktyabr sanasida Vaqf fondi homiyligida Toshkent viloyatining Chirchiq hamda Olmaliq shaharlaridagi markaziy masjidlarda, eshitish va gapirishda nuqsoni bor bo’lgan 100 nafardan, jami 200 nafar hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri o’tkazildi.

Siz bizga keraksiz tadbiri Chirchiq shahrida ham o'tkazildi
13 Oktyabr, 2022 yil | 277