"Siz bizga keraksiz" xayriya tadbiri Samarqandda

Joriy yilning 15 oktyabr sanasida eshitish va gapirishda nuqsoni bor shaxslar orasida missionerlikni tarqalishini oldini olish maqsadida doimiy tashkil qilib kelinayotgan “Siz bizga keraksiz” shiori ostida “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” diniy maʼrifiy xayriya tadbiri Vaqf fondi Samarqand viloyati filiali va O‘MI Samarqand viloyat vakilligi hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy hokimiyat vakillari, O‘MI mutaxassislari, va boshqa mehmonlar qatnashdilar.

Tadbirni shahar bosh imom xatibi ZMaxmudov kirish so‘zi bilan ochib, davra qatnashchilariga islomning asosiy tushunchalari va Payg‘ambarimiz alayhissalomning hayotlari haqida mazmunli maʼruza qilib berdilar. Shundan so‘ng so‘zga diniy qo‘mitaning viloyat vakili so‘zga chiqib mamlakatimizda diniy maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar, yurt obodligi, jamiyatda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasligini qatnashchilarga taʼkidlab o‘tdilar. Tadbir oxirida qatnashchilarga videorolik ko‘rinishida lavha namoyish etilib, unda yurtimizdagi eshitish va gapirishda nuqsoni bor bir qancha kimsalar o‘zlari haqida gapirishib Yaratganning mo‘min-musulmonlardan qilgani uchun shukronalar aytishdi.

Tadbir so'ngida xayriya osh dasturxoni yozilib tashrif buyurganlarning duolari olindi.

17 Oktyabr, 2022 yil | 282