Surxondaryoda "Siz bizga keraksiz" shiori ostida xayriya tadbiri o'tkazildi

Joriy yilning 22-oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Vaqf fondi hamkorligida “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” mavzusida Denov tumani Imom Buxoriy jome masjidida eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor 120 dan ortiq fuqarolar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili M.Abubakirova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi R.Togayev, fond xodimlari hamda Denov tuman bosh imom xatibi D.Davlatovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida missionerlar tuzog‘iga ilingan 20 nafar fuqarolar yetarlicha xulosa chiqarib to‘g‘ri yo‘lga qaytishdi. Shuningdek imkoniyati cheklanganlarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda homiylar tomonidan naqd pul xayriya qilindi va barcha ishtirokchilarga dasturxon tuzatilib osh tortildi.

Surxondaryoda
22 Oktyabr, 2022 yil | 258