Xushxabar: Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga oid 3 ta kitobning audio shakli tayyorlandi

Vaqf fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan, Ko‘zi ojizlar jamiyati hamda jonajon xalqimiz uchun Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlariga bag‘ishlab yozilgan 3 ta moʻtabar: "Payg‘ambarlar tarixi", "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suhbatdoshlari", "Ar-Rahiqul Maxtum muborak siyrat" kitoblari audio shaklda tez kunlarda Ko‘zi ojizlar jamiyati va jonajon xalqimizga havola etiladi.

Mazkur kitoblarni tayyorlash uchun fondning Buxoro viloyati filiali hisobidan 8 162 000 so‘m mablag‘ sarf etildi.

Ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha mutasaddilarni Alloh taolo mukofotlasin!

Xushxabar: Payg‘ambar alayhissalom siyratlariga oid 3 ta kitobning audio shakli tayyorlandi
25 Oktyabr, 2022 yil | 264