Nukusda "Siz bizga keraksiz" xayriya tadbiri o'tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan Nukus shahrida, eshitish va so‘zlashishda imkoniyati cheklangan fuqarolar orasida missionerlik holatlarini oldini olish maqsadida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, Nukus shahri bosh imomi B.Razov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali xodimlari, 100 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida  imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor fuqarolarga jami 15 000 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi va osh dasturxoni yozildi.

VAQF XJF Matbuot xizmati

Nukusda
5 Noyabr, 2022 yil | 253