“Siz bizga keraksiz” loyihasi Buxoroda

“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyat filiali tomonidan, 29 oktyabr sanasida “Siz bizga keraksiz” mavzusida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, Buxoro shahri bosh imomi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali xodimlari, 100 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi. Tadbirda eshitish va gapirishda nuqsoni bor muhtoj fuqarolar uchun osh dasturxoni yozildi va 100 kishiga 13 mln so‘mlik oziq-ovqat maxsulotlari tarqatildi.

VAQF XJF Matbuot xizmati

“Siz bizga keraksiz” loyihasi Buxoroda
29 Oktyabr, 2022 yil | 214