Xorazmda 200 nafar ko'ngli yarim hamyurtlarimizga quvonch ulashildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati filiali tomonidan Urganch shahrida, eshitish va so‘zlashishda imkoniyati cheklangan fuqarolar orasida missionerlik holatlarini oldini olish maqsadida “Siz bizga keraksiz” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi M.Abubakirova, Xorazm viloyati bosh imomi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati filiali xodimlari, 200 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbir davomida  imkoniyati cheklangan, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi va osh dasturxoni yozildi.

VAQF XJF Matbuot xizmati

Xorazmda 200 nafar ko'ngli yarim hamyurtlarimizga quvonch ulashildi
11 Noyabr, 2022 yil | 250