Andijonda "Siz bizga keraksiz" xayriya tadbiri o'tkazildi

Joriy yilning 12-noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi, VAQF XJF Andijon viloyat filiali tomonidan Andijon shahar TURKISTON tantanalar saroyida, eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor 150 dan ortiq fuqarolar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili M.Abubakirova, viloyat vakili o‘rinbosari M.Mo‘minov, viloyat bosh otinoyisi Sh.Qosimova hamda Andijon shahar "Xonaqo" masjidi imomi S.Shokirovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilariga dasturxon yozilib, mutaxassislar tomonidan maruzalar qilindi.
Tadbir so'ngida yig'ilganlarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi berildi.

Andijonda
14 Noyabr, 2022 yil | 226