Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan "Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi" shiori ostida, Vaqf xayriya jamoasi fondi Xorazm viloyati filiali, Xiva shahar bosh imom-xatibi, Shovot tuman bosh imom-xatibi va Xiva shahar hamda Shovot tumanlari hokimliklari bilan hamkorlikda Xiva shahri va shovot tumanidagi nogironligi bor fuqarolarga ehson dasturxoni yozilib, sovg‘alar ulashildi.

Shuningdek, uy qaramog‘ida qolgan fuqarolar xolidan ham xabar olindi. Jumladan, Urganch tuman Oyoq bog‘ mahallasida yashovchi fuqaro Farohat opa betob yura olmacligi sababli nogironlar aravachasi xayriya qilindi.

 

Hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi
5 Dekabr, 2022 yil | 251