Ko'zi ojiz hamyurtlarimizga xayriyalar ulashildi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash Vaqf fondining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shunga ko‘ra fond tomonidan nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar doimiy ravishda moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Jumladan kuni kecha, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Shayxontohur tuman bo‘limining xatiga asosan, fond tomonidan jamiyatga aʼzo bo‘lgan 110 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘zi ojiz hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida umumiy qiymati 5 591 500 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.

Ko'zi ojiz hamyurtlarimizga xayriyalar ulashildi
6 Dekabr, 2022 yil | 197