Sovuq kunlar savob ishlash fursati



“VAQF” fondi Xorazm viloyati filiali tomonidan saxovatpesha insonlar ko‘magida viloyatning chekka hududlaridagi nochor, boquvchisini yo‘qotgan va chin yetimlari bor 16 ta oila holidan xabar olinib, ularga oz bo‘lsada quvonch ulashildi.

Mazkur oilalarning ehtiyojida kelib chiqib 4 dona kir yuvish mashinasi, 5 dona mikroto‘lqinli pech, 10 dona uy isitish pechi, 16 quti oziq-ovqat mahsulotlari, 15 qop un, 20 nafar o‘g‘il-qizlarga issiq bosh kiyim va sharflar xayriya qilindi!

26 Yanvar, 2023 yil | 182