Obod xonadon
Manzili : 100002, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko'chasi, 47-uy.
Bog'lanish uchun : +998 (99) 910-90-95
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                ﷽

Uchta xonadon kultepaga aylandi, bir nechta oila uysiz, ko‘chada qoldi...

2021 yil, 19 yanvar tungi soat 03:00 atrofida issiqlik pechidan chiqqan chaqnash natijasida Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bobodehqon mahallasida joylashgan Tursunov Abdushukur hamda uning qo‘shnilari To‘xtayev G‘ayratullo va Zufarova Arofatlarning xonadonlari kuchli alanga ichida qoldi.  

Tursunov Abdushukurning uyi butkul yonib kultepaga aylangan. Hatto, kiyim-kechaklari va hujjatlari ham yonib bitgan. Olov kattalashib, To‘xtayev G‘ayratullo va Zufarova Arofatlarning uylarini ham vayron qilgan. 

Uysiz ko‘chada qolgan vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatish maqsadida Vaqf fondi "Obod xonadon" aksiyasini eʼlon qiladi. 

Aksiyadan tushgan mablag‘lar uchta xonadonga bo‘lib beriladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kim mo‘minning dunyo mashaqqatlaridan birini aritsa, Alloh uning oxirat mashaqqatlaridan birini ketkazadi. Kim musulmonni aybini berkitsa, Alloh uning dunyo va oxiratda aybini yashiradi. Banda birodariga yordam berarkan, Alloh taolo unga madad beradi,”  dedilar (Imom Termiziy).

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

25 Yanvar