VAQF mulklari
Manzili : 100002, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy ko'chasi, 47-uy.
Bog'lanish uchun :
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                ﷽

Bugungi kunda dunyo aholisining bir qismi toza ichimlik suvini uzoq masofadan tashib keladi va ushbu suvni sunʼiy inshootlarda koʻp muddat saqlagan holda isteʼmol qiladi. Biroq yerosti suvlarini katta mablagʻ evaziga quduq qazib chiqarish imkoni boʻlgan paytda, aholining ushbu quduqni qazishga moddiy imkoniyatlari yetishmasligi mumkin. Shu maqsadda oilaviy korxona xodimlari hamda “Vaqf” fondi hamkorligida saxovatli insonlar koʻmagida shu kabi hududlarni aniqlagan holda, toʻplangan mablagʻlar hisobiga suv chiqarish aksiyasini boshladi. Ushbu aksiya doirasida yigʻilgan mablagʻlar evaziga nafaqat Oʻzbekiston hududida, balki xorijiy mamlakatlarda ham obi hayotni yetkazib berish imkoniyati yaratilishi mumkin.

  • Amalga oshirilgan ishlar:

Aksiya doirasida ehson qilingan mablagʻlar ichimlik suvi muammosi boʻlgan hududlar aholisiga suv chiqarib berish uchun sarflanadi.

Bir kishining chanqogʻini qondirishning savobi ulkan, butun bir mahalla yoki qishloq ahlining ehtiyojini qondirish esa ulkan savoblarning yogʻilishiga sabab boʻladi.
Hazrati Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek boʻladi, kim suv yoʻq joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek boʻladi”. (Ibn Asokir rivoyati).

Xalqimizda chanqaganga suv berish, uning chanqogʻini qondirish borasida koʻplab ibratli maqol va matallar mavjud. Suv chiqarish, yuzlab insonlarning ogʻirini yengil qilishga oʻzgacha yondashiladi. Ushbu savobli ishni amalga oshirgan insonga butun umr savob yetib turadi.

Ulkan savobga erishish yoʻlida xayriya aksiyasida ishtirok eting. Quyidagi elektron toʻlov tizimlari orqali xayriyaga oʻz hissangizni qoʻshishingiz !

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

25 Yanvar