Rasulov Husan
Manzili :
Bog'lanish uchun : Aksiyaga masʼul: Oybek Xushvaqov. Tel: +998-97-737-99-25 , +998-78-150-64-36
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                                 ﷽ 

Rasulov Husan 10 yoshda. Yordamga muhtoj. Tug‘ilish davrida katta muammolar tufayli akasi Hasan 3 kun yashab olamdan ko‘z yumgan. Husanning hayoti uchun kurashib, Allohning inoyati bilan uning yashab ketishiga erishildi. Ammo 5 yoshdan keyin uning oyoq bosishida o‘zgarishlar sezilib, bola yomon yura boshladi. Bir necha vrachlarga ko‘rsatishga qaramay noto‘g‘ri diagnoz qo‘yilib, bola keraksiz bo‘lgan pay uzaytirish jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi va ahvoli yanada og‘irlashdi (yura olmay qoldi, hatto najasni ham ushlay olmayapti). Oxir oqibat Hindistonlik mutaxassislarning to‘liq tekshirish va konsiliumidan keyin to‘g‘ri tashxis qo‘yildi, umurtqa pog‘onasi diskining tug‘ruq paytidagi shikastlanishi natijasidagi orqa miya kanalining to‘silishi. Ushbu kasallik Hindistondagina umurtqa diskini almashtirish og‘ir jarrohlik operatsiyasi bilangina tuzalishi mumkin ekan. Operatsiya va keyingi reabilitatsiya narxi 15 ming AQSh dollari bo‘lgani uchun oilasining qurbi etmay turibdi.

Alloh yo'lida shu bolaning tuzalib ketishiga sababchi bo‘laylik, qo‘ldan kelgan yordamni ayamay, katta savob egasiga aylanaylik.

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Rasulov Husan

Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

2 Aprel