"VAQF SUVLARI" лойиҳаси
Manzili :
Bog'lanish uchun : +998 95 195 16 10
Xayriya yo'nalishi maqsadi :

                           ﷽

Bir kishining chanqogʻini qondirishning savobi ulkan, butun bir mahalla yoki qishloq ahlining ehtiyojini qondirish esa ulkan savoblarning yogʻilishiga sabab boʻladi.
Hazrati Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar:

“Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek boʻladi, kim suv yoʻq joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek boʻladi”. (Ibn Asokir rivoyati).

Suv chiqarish, yuzlab insonlarning ogʻirini yengil qilishdek savobli ishni amalga oshirgan insonga butun umr savob yetib turadi. Bugungi kunda dunyo aholisining bir qismi toza ichimlik suvini uzoq masofadan tashib keladi va ushbu suvni sunʼiy inshootlarda koʻp muddat saqlagan holda isteʼmol qiladi. Biroq yer osti suvlarini katta mablagʻ evaziga quduq qazib chiqarish imkoni boʻlgan paytda, aholining ushbu quduqni qazishga moddiy imkoniyatlari yetishmasligi mumkin. Shu maqsadda homiylar va “Vaqf” fondi hamkorligida saxovatli insonlar koʻmagida suv tanqis hududlarni aniqlagan holda, toʻplangan mablagʻlar hisobiga suv chiqarish loyihasi joriy etildi. 

Amalga oshiriladigan ishlar:
Loyiha doirasida ehson qilingan mablagʻlar ichimlik suvi muammosi boʻlgan hududlar aholisiga suv chiqarib berish uchun sarflanadi
.

To'plangan mablag' : 0.00 so'm


Ushbu Xayriya yo'nalishi yakunlangan !

12 Aprel