➖ Ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning 224 nafar farzandlariga 102 mln. 200 ming so‘mlik o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar olib berildi.
➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 208 nafar fuqaroga 1 mlrd. 383 mln. 500 ming 925 so‘m mablag‘ ajratildi.
➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 174 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 812 mln. 182 ming. 159 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib berildi.
➖ Fond filiallari tomonidan 825 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat jamlanmalari hamda uy-ro‘zg‘or buyumlari tarqatilib, 250 mln. 900 ming so‘m mablag‘ sarflandi hamda 100 kishiga 10 mln so’mlik xayriya dasturxoni yozildi.
➖ O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan yana to‘qqizta hududida jami 315 nafar yetim, kam ta’minlangan oila farzandlarining xatna to‘ylari o‘tkazildi. Ushbu xayriya sunnat to‘y tadbiriga jami 444 mln so‘m fond va homiylar tomonidan sarflandi
➖ Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 3 nafar yetim farzandi bilan og‘ir sharoitda, uy-joysiz yashab kelgan Barotova Zulfiyaga hamda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida 2 nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashagan, ko‘zlari ojiz Turdiqulov Dilshodga “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan barcha sharoitlarga ega yangi hovli-joylar qurib, to‘liq jihozlab berildi.
Ushbu xayrli loyihalarni amalga oshirish uchun fond va homiylar mablag‘lari hisobidan jami 340 mln so‘m mablag‘ sarflandi.