Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqand ziyoratgohlari

Xoʻja Ahror Valiy ziyoratgohi

📍
Manzil
Xoʻja Ahror Valiy ziyoratgohi Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Xoʻja Axrori Valiy koʻchasi, 1-uyda joylashgan.

Ziyoratgoh tarixi

Ziyoratgoh tarixi: XV asrning mashhur din peshvosi, yirik jamoat va siyosat arbobi Xoʻja Ahror Valiy (Xoja Nasriddin Ubaydulloh ibn Mahmud Shoshiy) hijriy 806 yilning ramazon, yaʼni milodiy 1404 yilning mart oyida Toshkentda shahrida tugʻilganlar. U kishining otalari Xoji Mahmudning ajdodi Muhammad Nomiy Bagʻdodiy X asrda yashagan, Shoshning mashhur ulamolaridan boʻlmish Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil Qaffol Shoshiyning shuhratini eshitib, Bagʻdoddan Toshkentga kelib undan saboq oladi va shu yerda qoladi.

Hoʻja Ubaydullohning bolalik va yoshlik davri Toshkentda oʻtgan. Shuni aytish lozimki, Hoʻja Ahror Mirzo Ulugʻbekdan 10 yosh kichik boʻlib, XV asrning 30-40 yillarida yaʼni Ulugʻbekning hukmronlik davrida hali diniy va dunyoviy nufuzga ega emas edi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, bu davrlarda Hoʻja Ahror Toshkentda ziroat ishlari bilan mashgʻul edi. Hoʻja Ahrorning Toshkentdan Samarqandga kelishi Temuriyzoda Sulton Abusayid Mirzoning hukmronlik davriga toʻgʻri keladi. Tarixiy manbalarda koʻrsatilishicha 1449 yili Ulugʻbek Mirzo shahid etilgach, taxtga oʻtirgan uning oʻgʻli Abdullatif ham 1450 yilda fitnachilar tomonidan oʻldiriladi. Shundan soʻng arkoni davlat Abdullatif tomonidan qamoqqa olingan Abdullo Mirzoni (1433-1452) Koʻksaroyda taxtga oʻtqazadilar. Abdullo Mirzo Shohruxning ikkinchi oʻgʻli Ibrohim Sulton Mirzoning (1394-1435) oʻgʻli, ayni vaqtda Mirzo Ulugʻbekning kuyovi edi. Yosh Hoʻja Ahror Samarqandga kelgach, Hoji Mavlono Qutbiddin Sadr madrasasida oʻqiy boshlaydi.

Hoʻja Ahror Valiy 895 xijriy yilning rajab oyi, 1490 yil fevral oyining 21 kunida Kamongaronda olamdan koʻz yumdilar. Ularning tabarruk jasadi Xoja Kavshir mahallasi mozoriga (hozir Xoja Ahror mozori) dafn etilgan. Qabri ustida xotira lavhasi qoʻyilib, keyinchalik bu mozorda u kishining yaqinlari, shogirdlari ham dafn etilgan.

Ziyoratgohda joriy taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Galereya

VAQF · Samarqand viloyati ziyoratgohlari
To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz