Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqand ziyoratgohlari

Xoʻja Abdu Darun maqbarasi

📍
Manzil
Xoʻja Abdu Darun ziyoratgohi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Sadriddin Ayniy koʻchasi, 21 uyda joylashgan.

Ziyoratgoh tarixi

Ziyoratgoh tarixi: Hazrati Xoʻja Abdu Darun haqida asosan ikki manba – Abu Tohirxoʻjaning “Samariya” va Abul Hakim Samarqandiyning “Qandiya” asarlarida kengroq maʼlumot berilgan. Xoʻja Abdu Darunning nasl-nasabi xususida tarixiy manbalarda yagona fikr, aniq maʼlumotlar mavjud emas. Avvalambor, qayd etmoq zarurki, bul zoti muazzamning maqbaralari Samarqandning qadimiy devori – Devori qiyomatning ichkari (tojikcha - darun) tomonida joylashgani uchun Abdu Darun laqabini olganlar.

“Samariya”da koʻrsatilishicha, Xoʻja Abdu Darunning asl ismi Muʼizuddin boʻlib, xoʻja Muhammad Yaqubning farzandi, u esa xoʻja Abdi bin Usmonning oʻgʻlidir.

“Qandiya” muallifi esa allomaning kelib chiqishini Paygʻambarimizning (s.a.v) qizi Ruqiya bilan bogʻlaydi.

Ammo har ikkala muallifning ham ushbu maʼlumotlari sahih emas. Xoʻja Abdu Darunning paygʻambarimiz (s.a.v.) bilan irsiy tomondan aloqasi yoʻq. Chunki u zot (s.a.v.) ning Ruqiya qizlari Usmon (r.a.)ga nikohlangach, ulardan Abdulloh ismli farzand dunyoga keladi va bolaligidayoq vafot etadi. Lekin Hazrati Usmonning (r.a.) boshqa xotinlaridan 16 nafar farzandi boʻlgan, shularning birontasidan Xoʻja Abdu Darunning nasl-nasabi tarqalishi mumkin. Bu ulugʻ inson Samarqandning ilk tasavvuf namoyondalaridan biri, olim va qozi boʻlgan.

Olim sifatida Xoʻja Abdu Darun hol bilan qol bilimlarini toʻplagan ekan. Hol ilmi – botiniy (ichki), hissiy ilmlar, yaʼni tasavvuf ilmidir. Qol ilmi – til bilan anglatib boʻladigan, isbotlash mumkin boʻlgan zohiriy (sirtqi) diniy, dunyoviy ilmlar, aniq fanlardir. Islomda shariat ilmi ham ilmi qol deb yuritiladi.

Qozi sifatida hazrati Abdu Darun misli koʻrilmagan adolatli inson ekan. Bu jihatni “Samariya”da keltirilgan bir naql isbotlaydi: “oʻzining otasi bir voqea toʻgʻrisida guvohlik bermoqchi boʻlganda rad qildi va “Siz bizning kichiklik chogʻimizda podshohlik soligʻi berilmagan tokdan mehmon uchun uzum uzib chiqargan edingiz, shuning uchun sizning toʻgʻriligingizga shubhamiz bor”, dedi.

“Qandiya”da keltiriladiki, “Hazrati Shayx Abu Mansur Moturidiy aytgan ekanlarkim: bizni vafotimizdan keyin Hazrati Xoja Abdu Darunning yaqinlariga dafn etingkim, ul kishi yarim farsax yergacha atrofidagilarni oʻz himoyalariga olib shafoat qilurlar va biz ul kishining shafoatlaridan mahrum boʻlib qolmaylik”.

Qayd etmoq lozimki, oʻsha davrlarda koʻplab mashhur zotlarning vafot etganlaridan keyin oʻz bogʻlariga koʻmilishlari odat tusiga kirgan. Xoʻja Abdu Darun ham oʻz bogʻida koʻmilgan edi. Bundan keyin u qabristonga aylanib bordi.

Ziyoratgohda joriy taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Galereya

VAQF · Samarqand viloyati ziyoratgohlari
To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz