Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqand ziyoratgohlari

Hazrati Dovud ziyoratgohi

📍
Manzil
Hazrati Dovud ziyoratgohi Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Oqtosh mahallasi hududida joylashgan.

Ziyoratgoh tarixi

Ziyoratgoh tarixi: Hazrati Dovud (Dovud alayhissalom) hakida 13-asrning oxiri va XIV-asrning boshlarida yashab oʻtgan Nosiruddin Burxonuddin Rabgʻoʻziyning “Qissai Rabgʻoʻziy” asarida batafsil maʼlumot berilgan. Unda “Dovud (paygʻambar) bani Isroildan erdi. Oʻn qarindosh erdilar, otalari Ishoʼ otligʻ. Dovud barchasidan kichigi erdi”, deyiladi.

Alloh taolo oʻz paygʻambari Dovud alayhisallomni Kurʼoni Karimda oʻn olti marta zikr qilgan. U zot hakida Baqara, Niso, Moida, Anʼom, Isro, Anbiyo, Naml, Saba va Sod suralarida oyati karimalar bor.

Alloh taolo Dovud alayhisallomga yana bir qancha fazilatlarni ham bergan edi.

Shuningdek, Alloh taolo Dovud alayxisallomga qushlarni va togʻlarni ham buysundirib qoʻygan edi. Ular ham u zotga qoʻshilib, Alloh taologa ertayu kech tasbeh aytardilar. Dovud alayhisallom Paygʻambar boʻlishlari bilan birga, bani Isroil davlatning podshohi ham edi.

Aytilishicha, Alloh taolo Dovud alayhisallomga temirni xamirdek yumshoq qilib bergan edi. “U zot temirni olovga solib toblamasdan ham, nimani xoxlasalar qoʻllari bilan shuni yasay olar edilar” deyiladi kitobda.

Dovud alayhisallomga temirchilarning piri va togʻlarni buysundiruvchi sifatida ixlos qilinadi. Togʻ tepasidagi gʻor bu yerga tashrif buyuradigan sayyohlar, ayniqsa, temirchilik va texnika bilan bogʻliq kasb egalari nazdida ezgu niyat bilan ziyorat qilinadigan qadamjo maskandir.

Galereya

VAQF · Samarqand viloyati ziyoratgohlari
To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz