Xoʻja Abdu Berun ziyoratgohi
Ziyoratgoh tarixi
Ziyoratgoh tarixi: Xoʻja Abdu Berun ziyoratgohi milodiy VII asr oxiri VIII asrning boshida Saudiya Arabistonidan tashrif buyurgan Muhammad Said ibn Usmon( Xoʻja Abdu Berun) nomi bilan mashhurdir.U zot xalifalarning uchinchisi Usmon ibn Affon r.a. zurriyotlaridan hisoblanmish Muhammad ibn Poybirahna oʻgʻli Xoʻja Muhammad Yoqub hisoblanib, Mavarounahrga Qutayba ibn Muslim fathi davrida tashrif buyurib otashparastlik dinini yoʻq qilishda hamda Islom dinini joriy qilishda oʻzining cheksiz xizmatlarini koʻrsatadi. 30 yil mobaynida qozi kalonlik vazifasini bajarib, oʻzidan keyin suyukli farzandi Xoʻja Abdu Berun(Xoji Muhiziddin) otasining ishlarini davom ettiradi.Ul zoti bobarakot oʻzining hayoti davomida din va diyonat yoʻlida cheksiz xizmatlarni qilib, umrining oxirgi damlarini Samarqand qalʼasi tashqarisidagi Qavchinon dahasida yashab oʻtganlar va qabri, maqbaralari ham shu yerda joylashgan. Samarqand qalʼasidan tashqarisida boʻlganligi uchun ziyoratgoh “Xoʻja Abdu Berun” nomi bilan tarixda qolgan.
Ziyoratgohda joriy taʼmirlash ishlari olib boriladi.






