Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqand ziyoratgohlari

Ruhobod maqbarasi

📍
Manzil
Ruxobod maqbarasi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ruxobod koʻchasida joylashgan.

Ziyoratgoh tarixi

Ziyoratgoh tarixi: Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma, avliyo, shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qadimiy kent) maqbarasi. Ruhobod maqbarasi 1380 yilda Amir Temurning buyrugʻi bilan shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan janubdagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashhur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan islom ilohiyotchisi va sirli shayx Burhoniddin Sogʻarjiy qabri ustiga mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan.

Bu maqbara Temur zamondoshlari tomonidan hurmat qilingan. Burhoniddin Sagʻarji Sharqiy Turkiston koʻchmanchilarining islomiyyatga tarqalishiga katta hissa qoʻshdi. Islomiy ilohiyotchi Xitoy Yuanlari sulolasining katta etiborini qozonib Xitoy malikasini oʻz nikohlariga olgan. Uning oʻlimining aniq sanasi aniqlanmagan, ammo u Xitoyda vafot etgani maʼlum. Oʻlimidan soʻng, Sogʻarji vasiyatiga koʻra, uning jasadini oʻgʻli Abu Said Samarqandga olib kelgan. Bu vaqtga xos boʻlmagan bir qubbali qurilish, kirish portali boʻlmagan, gʻishtdan qurilgan va keyingi eshikda joylashgan Goʻr-Amir va Oq-Saroy fonida juda oddiy koʻrinishga egadir.

1996 yil birinchi Prezidentimiz I. Karimov tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 660 yilligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Galereya

VAQF · Samarqand viloyati ziyoratgohlari
To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz