Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqand ziyoratgohlari

Murod Avliyo ziyoratgohi

📍
Manzil
Murod Avliyo ziyoratgohi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Jarariq koʻchasi, 35-uyda joylashgan.

Ziyoratgoh tarixi

Ziyoratgoh tarixi: Murod Avliyo hazratlari XV-XVI- asrlarda yashab oʻtgan tasavvuf ilmining buyuk namoyandalaridan biri boʻlib, shariat, islom tarixini va uning akidalarini chuqur bilganlar. U muhtaram zotning asl ismlari Sayyid Muso Xoʻja bulib, Sayyid Murtazoning oʻgʻlidirlar. Ayrim manbalarda bu kishini Xoʻja Axrori Valiy izdoshlari sifatida tilga oladilar. Bu aziz zotning jasadlari ushbu haram ichiga dafn etilgan. Mazkur joy bir necha davrlardan buyon moʻmin-musulmonlar oʻrtasida ziyoratgoh sifatida tanilgan. Ziyoratchilarning qilgan duo va ziyoratlari ruyobga chiqib, murodlari hosil boʻlgani uchun bu dargoh “MUROD AVLIYo” nomini olgan. Muhtaram zot xijriy kamariy yilning 927-chisi ( milodiy 1510-1511yillar) ramazon oyining avvalida, yakshanba kunida vafot etganlar.

Ziyoratgohda davriy-joriy taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Galereya

VAQF · Samarqand viloyati ziyoratgohlari
To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz