Maxdumi Aʼzam ziyoratgohi
Ziyoratgoh tarixi
Ziyoratgoh tarixi: Ziyoratgohda XV-XVI asrlarda yashab islom dunyosiga katta xizmat qilib oʻtgan Naqshbandiya tariqatining davomchisi avliyo Said Axmad Said Jaloliddin oʻgʻli dafn kilingan. Said Axmad Said Jaloliddin oʻgʻli 1461 yilda Namanganning Kosonsoy kentida tugʻilgan. Fargʻona, Toshkent madrasalarida taʼlim olib Xoʻja Ahror Valiy xazratlarining shogirdlari boʻlgan Mavlono Muhammad Qoziyga shogird tushib tasavvuf ilmidan saboq olganlar. Shu ustozlarni qoʻl ostida “Pir” maqomiga erishganlar. Shayboniy hukmdor Jonibek sultonning taklifi bilan Miyonqolga koʻchib keladilar.
Naqshbandiya tariqatining buyuk soʻzi “Dilba yoru dasba kor” shioriga amal qilib bogʻdorchilik va ziroatchilik bilan ham mashgʻul boʻladilar. Islom ravnaqi yoʻlida 30 dan ortiq asarlar yozganlar. Koʻplab shogirdlar tarbiyalab shulardan 60 tasini pir darajasiga yetkazganlar. Ushbu xizmatlar oʻsha davr ulamolar hayʼati tomonidan munosib takdirlanib bu zotga “Maxdumi Aʼzam” darajasi berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan 2025 yildan boshlab reja asosida maqbara, masjid va uning atrofida katta qayta qurish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.