Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqand ziyoratgohlari

Shohi Zinda yodgorlik majmuasi

📍
Manzil
Shoxi Zinda ziyoratgohi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Shoxi Zinda koʻchasi, 39-uyda joylashgan.

Ziyoratgoh tarixi

Ziyoratgoh tarixi: “Shohi Zinda” Samarqanddagi shaharning 8 asrlik madaniy tuproq qatlamlarini oʻzida mujassam etgan va yaratila boshlaganiga kamida ming yil boʻlgan arxeologik majmua hisoblanadi.

“Shohi Zinda” ziyoratgohi qadimiy Afrosiyob shaharchasi janubiy devori qiyaligida joylashgan.

“Shohi Zinda”da saqlanib qolgan binolar asosan X-XV asrlarga taalluqli. Yodgorlik majmuasi janubdan shimolga, yaʼni pastdan yuqoriga qarab bir yoʻnalishda koʻtarilib boradi. Shartli ravishda majmuani quyi (kiraverishdagi darvozaxona bilan), oʻrta va yuqori qismlarga ajratish mumkin.

“Shohi Zinda” islomiy yodgorliklar majmuasi milodiy 676 yili Samarqandga Islom dinini va maʼrifatni olib kelgan Paygʻambarimiz (s.a.v.) amakivachchalari, sahoba Qusam ibn Abbos nomi bilan bogʻliq boʻlib, Samarqandda shahid boʻlganlar hamda Afrosiyob (Samarqandning qadimgi oʻrni) qoʻrgʻonining janubiy devorlari yaqinida dafn etilgandir.

Shuning uchun bu dargohni nafaqat oddiy insonlar balki oʻz zamonlarida podshohlar ham obod qilishga uringanlar. Qusam ibn Abbos vafotlaridan keyin 4 asr oʻtib birinchilardan boʻlib XI-XII asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida yogʻoch oʻymakorligi ishlatilgan ziyoratxona, masjid va madrasa qurilgan, afsuski XIII asrda koʻhna Afrosiyob moʻgʻullar istilosi davrida vayron qilinib ushbu meʼmoriy inshootlarga oʻt qoʻyib yuborilgan.

XIV asrda Sohibqiron Amir Temur taxtga kelganlaridan keyin ushbu ulugʻ zotni ruhlarini shod, qabrlarini obod qilish maqsadida Qusam ibn Abbos uchun goʻrxona, ziyoratxona va masjid bino qilganlar va bu zotni sharafiga Amir Temur eng yaqinlarini ushbu majmua yoniga mahobatli maqbaralar qurdirganlar. Dunyoning turli mamlakatlaridan usta meʼmorlar jalb qilinib, ular oʻzlarini sanʼatlarini ushbu joyda namoyon etganlar. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qarshi, Shahrisabz, Eron, Ozarbayjon meʼmorlari mayolika va koshinkor uslubidagi eng yuqori va sifatli qurilish ashyolarini ishlatganlar. Majmuada 40 dan ziyod maqbaralar mavjud boʻlib, yuqori qism maqbaralari temuriy malikalar, Amir Temurning opalari, singillari, ayollari va saroybekalari hamda lashkarboshilar manguga qoʻnim topganlar.

“Shoxi Zinda” ziyoratgohini arxeologik oʻrganish, obidalarni asrab avaylash, ularni restavratsiya qilish boʻyicha eng keng qamrovli ishlar 2004-2007 yillarda birinchi Prezidentimiz I.Karimov farmoniga binoan amalga oshirilgan. Majmuadagi obidalar, maqbaralarni keyingi avlodga oʻz holicha yetkazish, ularni asrab-avaylash maqsadida doimiy davriy taʼmirlash-tiklash ishlari olib boriladi.

Galereya

VAQF · Samarqand viloyati ziyoratgohlari
To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz