Xoʻja Hofiz Merosiy ziyoratgohi
Ziyoratgoh tarixi
Ziyoratgoh tarixi: Xoʻja Xofiz Merosiy XV asrning ikkinchi yarmi XVI asrning birinchi yarmida yashab ijtimoiy-diniy va madaniy, adabiyot soxasida ham faoliyat koʻrsatgan shoir, xattot, diniy davlat arbobi, tarixiy shaxs boʻlib “Qurʼoni Karimni” 7 xil qiroatda oʻqiy olgan duyodagi 7 allomaning biridir.
Xoʻja Xofiz Merosiy Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik insitutida saqlanayotgan tarixiy manbalariga koʻra 1475 yil 25 sentyabrda hozirgi Bulungʻur tumanining xozirgi Olmazor MFY ga qarashli Mitan qishlogʻida tavallud topgan. Oʻsha davrning sultoni boʻlgan Ubuydulloxonning xizmatiga kirib, bosh muftiy darajasiga koʻtarilgan.
Xoʻja Xofiz Merosiy 1528 yil 26 oktyabrda Eronning Mashhad shahrida shaxidlik sharobini ichadi. Vasiyatga koʻra Sulton Ubaydulloxon oʻlimidan olti oydan keyin jasadini hozirgi Erganakli MFYga qarashli Bolgʻali qishlogʻidagi Xoʻja Xofiz deb nomlanuvchi qabristonga olib kelib qoʻmadi. Xoʻja xofiz Merosiy qalamiga mansub hali tarixda oʻrganilmagan devonlari va sheʼriy asarlar Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik insitutida saqlanmoqda. Bu asarlarni oʻrganib kitob holida tarjimalar qildirib kelajak avlodga qoldirish siz va bizga ham qarz ham farz.
Tarixiy manbalar asosida Xoʻja Xofiz Merosiy sohib karomat mulla, buyuk valiy va bashoratchi avliyo, yirik diniy arbob, oʻzbek xalqining va Islom dining birligini saqlashda kurashgan siyosatchi va tasavvuf ilmining yirik bilimdoni ekanligi dalil isbotlar bilan asoslab berildi.
Davlat va din arbobi, tasavvuf namoyondasi, olim va shoir Xoʻja Xofiz Merosiy xatibning xotirasini Xoʻja Axror Valiy, Maxdumi Aʼzam Dahbediy valiy, Fayzulloh ibn Roʻzbexon Isfaxoniy, Binoiy, Podshoxxoʻja, Kamoliddin Shirvoniy, Asomiddin Isfaroniy va boshqa siymolar sifatida tan olish taklif etilgan. Xoʻja Xofiz maqbarasi 1987 yil Markazqum topshirigʻiga binoan bu joy masjid bilan birgalikda surib tashlanadi. Bu ishda ishtirok etganlar xori-zor boʻlib vafot etib ketdilar. 1990 yilda istiqlol tufayli surib tashlangan masjid joyidan xalq shahar yoʻli bilan masjid barpo etgan.
Bu ziyoratgohda Davlat dasturi asosida 2025 yildan boshlab keng koʻlamli qayta qurish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.






