Bugun, 24-sentabr kuni Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Ustozga ehtirom – ilmga ehtirom» shiori ostida yuksak saviyada ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda ustoz va mudarrislarning jamiyat ma’naviy hayotidagi, yosh avlodga ilm-ma’rifat va odob-axloq asoslarini singdirishdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. Uzoq yillardan buyon ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.Bayram tadbiri doirasida 7 nafar ustoz-o‘qituvchining har biriga 5 million so‘mdan, jami 35 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi....
Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳамда «Вақф» хайрия жамоат фонди ҳамкорлигида ташкил этилган тадбирда устозлик касбининг шарафи, илм аҳлининг жамият тараққиётидаги ўрни ва фидойи муаллимларга кўрсатилаётган эътибор ҳақида сўз юритилди.Тадбир самимий шеърий сатрлар ва эзгу тилаклар билан бошланди. Институт ходими Абдулқаюм Исмоиловнинг қутловидан сўнг Қуръони карим тиловат қилинди. Дуои фотиҳада институт ва таълим даргоҳлари ривожига муносиб ҳисса қўшиб, бугун орамизда бўлмаган устозларнинг руҳларига бағишлаб хайрли дуолар қилинди.Тадбирда сўз олган Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институти ректори Уйғун домла Ғафуров барча устоз ва...
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahridagi “Xadichai Kubro” xotin-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ustoz va murabbiylarni sharaflashga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi. “Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi yosh xotin-qizlarga diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘un holda o‘rgatish, ularni ilm-ma’rifatli, odob-axloqli hamda jamiyatga munosib xizmat qiladigan yetuk insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan muhim ta’lim dargohlaridan biridir. Bu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda, avvalo, fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnati alohida ahamiyat kasb...