#hafta_dayjesti➖ Fondga murojaat qilib kelgan kam ta’minlangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj 62 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 256 mln. so‘m o‘tkazib berildi.➖ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-196-sonli qaroriga asosan davolanishga muhtoj 156 nafar fuqaroga 3 mlrd. 86 mln. 146 ming 22 so‘m mablag‘ ajratildi.➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 199 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 62 mln. 35 ming. 49 so‘m sog‘liqni saqlash...
2026-yil 3-avgust kuni Toshkent shahridagi Intercontinental Tashkent Hotelning “Amudarya” konferensiyalar zalida “O‘zbekistonda vaqf tizimini rivojlantirish: imkoniyatlar va qiyinchiliklar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida tashkil etildi.Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi O‘zbekistonda zamonaviy va samarali vaqf tizimini joriy etish bo‘yicha ishlab chiqilgan konsepsiyani taqdim etish, xalqaro tajribalarni muhokama qilish hamda sohaga oid huquqiy, institutsional va moliyaviy takliflarni manfaatdor tashkilotlar ishtirokida ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston...
Xorazmda 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi"Vaqf" xayriya jamoat fondining Xorazm viloyati filiali tomonidan kam ta'minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalarda voyaga yetayotgan 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ezgulik, mehr-oqibat va saxovat tamoyillari asosida o‘tkazilgan ushbu tadbir bolajonlar va ularning oila a'zolari uchun unutilmas bayramga aylandi.Tadbirda "Vaqf" xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari o‘rinbosari Oybek domla Xushvaqov, fondning media xodimlari, mahalliy mutasaddilar, nuroniylar, homiylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.Bayram dasturi bolalarga quvonch ulashish maqsadida turli...