Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
O‘zbekiston va BAA vaqf sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Samarqandda o‘tkazilayotgan XIV «Global Waqf» xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Birlashgan Arab Amirliklarining Islom ishlari, vaqflar va zakot bo‘yicha Bosh vakolatli organidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, vaqf sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, vaqf mulklarini samarali boshqarish, xayriya faoliyatini takomillashtirish va sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
Shundan so‘ng BAA delegatsiyasi vakillari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, buyuk muhaddis hayoti va ilmiy merosi, shuningdek, majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. 


"Vaqf" xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmat

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz