O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlar ko‘lami kundan kunga ko‘payib bormoqda. Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab fond tomonidan homiy va saxovatpesha yurtdoshlarimiz ko‘magida ta’mirlanayotgan ehtiyojmand oilalarning jami 28 ta uy-joylarida ta’mirlash-qurilish ishlari poyoniga yetib, paydar-pay o‘z egalariga topshirilmoqda.Xususan, kecha Andijon viloyatining Bo‘ston tumani «Sarbon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi kam ta’minlangan oila ham yangi va qulay qilib jihozlangan xonadonni qabul qilib olishdi. «Vaqf» xayriya jamoat fondi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida saxovatpesha yurtdoshlarimizning...
Qadrli yurtdoshlar! Saxovatpesha homiylar! O‘tgan davrda Sizning «Vaqf» xayriya jamoat fondi orqali qilgan ehsonlaringiz evaziga ko‘plab xayrli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda, minglab ehtiyojmand aholi qatlamiga moddiy-ma’naviy yordamlar ko‘rsatilyapti. Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida respublika bo‘ylab jami 16 mingga yaqin oilaga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa natura ko‘rinishdagi mahsulotlar xayriya qilindi. 860 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatildi. Shu davrda uyga muhtoj 18 ta oilaga homiylar ko‘magida to‘liq jihozlangan uy olib berildi. 20 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy...
#hafta_dayjesti➖ Fondga murojaat qilib kelgan 67 nafar fuqaroga zakot va xayriya mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida jami 194 mln. so‘m o‘tkazib berildi.➖ “Vaqf» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati filiali hamda «Saxovat 2020» fondi hamkorligida saxovatpesha homiylarni jalb etgan holda viloyatdagi boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan 150 nafar ehtiyojmand aholi qatlamiga xayriya dasturxoni yozilib, homiylar hisobidan sovg‘alar topshirildi.➖ PQ-67-sonli qaror bo‘yicha 162 nafar og‘ir ahvoldagi bemorning davolanishi uchun 1 mlrd. 180 mln. 41 ming 457 so‘m sog‘liqni saqlash muassasalariga o‘tkazib...