Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Samarqand viloyatining muqaddas ziyoratgohlari

Shohi Zinda yodgorlik majmui

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Shohi Zinda ko‘chasi, 39-uy.

Tarixi: “Shohi Zinda” Samarqanddagi shaharning 8 asrlik madaniy tuproq qatlamlarini o‘zida mujassam etgan va yaratila boshlaganiga kamida ming yil bo‘lgan arxeologik majmua. Qadimiy Afrosiyob shaharchasi janubiy devori qiyaligida joylashgan. Asosan X–XV asrlarga oid binolar saqlangan. Majmua 676 yilda Islom dini va ma’rifatni olib kelgan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) amakivachchalari, sahoba Qusam ibn Abbos nomi bilan bog‘liq.

Tavsif: Majmua janubdan shimolga, pastdan yuqoriga ko‘tarilib boradi. XIV asrda Amir Temur tomonidan obod qilingan. 40 dan ziyod maqbaralar mavjud, yuqori qismda Temuriy malikalar, Amir Temurning opa-singillari, ayollari va saroybekalari dafn etilgan. 2004–2007 yillarda Prezident I.Karimov farmoni bilan keng qamrovli restavratsiya ishlari amalga oshirilgan. Doimiy davriy ta’mirlar olib boriladi.

Abu Mansur al-Moturidiy ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 4-uy.

Tarixi: Buyuk imom, faqih, kalom ilmining sohibi, Maturidiya mazhabining asoschisi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Moturidiy, al-Xanafiy, as-Samarqandiy sharafiga bunyod etilgan. 870 yilda Moturid qishlog‘ida tug‘ilgan, 944 yilda vafot etgan. Asosiy asarlari: “Kitob ut-tavhid” va “Ta’vilotu ahlis-sunna”.

Tavsif: Dunyo musulmonlarining 70 foizi uning ta’limotiga asoslanadi. Chokardiza qabristonida dafn etilgan (Madina va Makka qabristonlaridan keyin uchinchi sharaflidir). 2025 yildan Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan katta qayta qurish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Xo‘ja Abdu Darun maqbarasi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Sadriddin Ayniy ko‘chasi, 21-uy.

Tarixi: “Samariya” va “Qandiya” asarlarida keng ma’lumot berilgan. Samarkandning qadimiy devori – Devori qiyomatning ichkari (darun) tomonida joylashgani uchun Abdu Darun laqabini olgan. Ilk tasavvuf namoyandalaridan biri, olim va qozi.

Tavsif: Hol va qol ilmlarining bilimdoni, adolatli qozi. O‘z bog‘ida dafn etilgan, keyin qabristonga aylangan. Joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Xo‘ja Abdu Berun ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Sarimazor mahallasi.

Tarixi: VII asr oxiri – VIII asr boshida Saudiya Arabistonidan kelgan Muhammad Said ibn Usmon (Xo‘ja Abdu Berun) nomi bilan mashhur. Xalifalar uchinchisi Usmon ibn Affon zurrriyotlaridan. Qutayba ibn Muslim fathi davrida Islomni joriy qilishda katta xizmat qilgan. 30 yil qozi kalonlik qilgan, farzandi Xo‘ja Abdu Darunga ishlarini davom ettirgan.

Tavsif: Samarkand qal’asi tashqarisida (berun) joylashgani uchun shu nom bilan tarixda qolgan. Joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Maxdumi A‘zam ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Oqdaryo tumani, Dahbet qo‘rg‘oni.

Tarixi: XV–XVI asrlarda yashab, Naqshbandiya tariqatining davomchisi avliyo Sayid Ahmad Sayid Jaloliddin o‘g‘li dafn etilgan. 1461 yilda Namangan Kosonsoyida tug‘ilgan, Xo‘ja Ahror Valiy shogirdi.

Tavsif: “Dilba yoru dasba kor” shioriga amal qilib bog‘dorchilik va ziroatchilik bilan shug‘ullangan. 30 dan ortiq asar yozgan, 60 nafar shogirdini pir darajasiga yetkazgan. 2025 yildan Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan maqbara, masjid va atrofi katta qayta qurish ishlari olib borilmoqda.

Xo‘ja Hofiz Merosiy ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, Erganakli mahallasi hududi.

Tarixi: XV asr ikkinchi yarmi – XVI asr birinchi yarmida yashagan shoir, xattot, diyonat arbobi. “Qur’oni Karim”ni 7 xil qiroatda o‘qigan 7 allomaning biri. 1475 yilda Miton qishlog‘ida tug‘ilgan, 1528 yilda Mashhadda shahid bo‘lgan.

Tavsif: Devonlari va she’riy asarlari O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 1987 yilda masjid bilan birga surib tashlangan, 1990 yilda xalq tomonidan qayta qurilgan. 2025 yildan Davlat dasturi asosida keng qamrovli qayta qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Murod Avliyo ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Jarariq ko‘chasi, 35-uy.

Tarixi: XV–XVI asrlarda yashagan tasavvuf ilmining buyuk namoyandasi Sayid Muso Xo‘ja (Sayid Murtazo o‘g‘li). Xo‘ja Ahror Valiy izdoshlaridan biri. 1510–1511 yillarda (927 hijriy) vafot etgan.

Tavsif: Ziyoratchilarning duolari ru’yobga chiqib, murod hosil bo‘lgani uchun “Murod Avliyo” nomi berilgan. Davriy-joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Ruxobod maqbarasi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Ruxobod ko‘chasida.

Tarixi: Majoziy nom, aslida alloma, avliyo, shayx Burhoniddin Sog‘arjiy maqbarasi. 1380 yilda Amir Temur buyrug‘i bilan qurilgan. Shayx Xitoyda vafot etgan, jasadi o‘g‘li tomonidan Samarqandga keltirilgan.

Tavsif: Oddiy g‘ishtdan qurilgan, G‘or-Amir va Oq-Saroy fonida sodda ko‘rinishga ega. 1996 yilda Prezident I.Karimov tashabbusi bilan keng ta’mirlangan.

Shayx Xudoydodi Vali ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, G‘azira mahallasi hududi.

Tarixi: Yassaviya tariqatining yetuk namoyandasi, mutasavvuf shoir va olim. 1461 yilda (866 hijriy) Karmana yaqinida Saranj tog‘ida tug‘ilgan. 50 nafar muридni komillikka yetkazgan.

Tavsif: Shayboniyxon, Bobur Mirzo, Ubaydullaxon kabi hukmdorlar unga pir deb bilishgan. Ilmiy merosi 25 dan ortiq qo‘lyozmalarda saqlanmoqda. Tarixiy faoliyati va merosi istiqlol g‘oyalarini tarqatishda mislsiz xizmat qilmoqda.

Xo‘ja Doniyor maqbarasi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 7-uy.

Tarixi: Mustaqillik davrida yangitdan ochilgan va ta’mirlangan. Uch din (islom, nasroniylik, iudaizm) vakillari uchun aziz. Donyor payg‘ambar qadamjosi (ba’zi manbalarda sahoba Xo‘ja Doniyor).

Tavsif: Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan. Pastida xosiyatli chashma bor. 2015 yilda Davlat dasturi asosida keng qamrovli qayta qurish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Xo‘ja Ahror Valiy ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Xo‘ja Ahrori Valiy ko‘chasi, 1-uy.

Tarixi: XV asr mashhur din peshvosi, jamoat va siyosat arbobi. 1404 yilda Toshkentda tug‘ilgan, 1490 yilda Kamongaronda vafot etgan va Xo‘ja Kavshir mahallasida dafn etilgan.

Tavsif: Temuriylar davrida katta ta’sirga ega bo‘lgan. Ziyoratgohda joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Hazrati Dovud ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Oqtosh mahallasi hududi.

Tarixi: “Qissai Rabg‘uziy” asarida batafsil ma’lumot berilgan. Dovud alayhissalom (payg‘ambar va podshoh) haqida Qur’onda 16 marta zikr qilingan.

Tavsif: Qushlar va tog‘larni bo‘ysundirgan, temirni xamirdek yumshoq qilgan. Temirchilarning piri sifatida ziyorat qilinadi. Tog‘ tepasidagi g‘or sayyohlar uchun muqaddas maskan.

Hazrati Xizr ziyoratgohi (masjid)

Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uy.

Tarixi: Samarqanddagi birinchi qurilgan masjid. 712 yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan asos solingan. Hazrati Xizr (Qur’onda “Allohning quli”) nomi bilan bog‘liq.

Tavsif: Qadimiy karvon yo‘llari oldida joylashgan. 2016 yilda Davlat dasturi asosida katta qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Doimiy davriy ta’mirlar olib boriladi.

Chorchinor ziyoratgohi

Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, Chorchinor mahallasi hududi.

Tarixi: 30–40 ta azim chinorlar va shifobaxsh buloqlar mavjud. Xo‘ja Abu Tolib Sarmasiy, Eshon Valihon, Muhibiddinxon eshon, Qutbiddinxon eshon va boshqa ulug‘lar dafn etilgan. Naqshbandiya tariqati markazi.

Tavsif: Tabiatning bebaho ne’mati. XX asr boshlarida Eshon Muhibiddinxon va oilasi tomonidan masjid va madrasalar qurilgan. Shoir va olimlar yetishib chiqqan muqaddas maskan.

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz