Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini Beruniy ko‘chasi 17-uyda yashovchi bir oilaning holati, oila a’zolarining yashash sharoiti havas qiladigan darajada emas edi. Oila boshlig‘i 2017-yilda vafot etganligi bois besh nafar farzand bilan yolg‘iz qolgan Mehriban Qoshimbetova hayotda ancha qiynalib, turmushning og‘ir sinovlariga  dosh berib kelayotgandi.

Ushbu oilaga ko‘mak berish, yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali homiylarni jalb qilgan holda xayrli ishni amalga oshirishdi. Ushbu manzildagi eski uy to‘liq buzilib, o‘rnida barcha zamonaviy sharoitlarga ega 4 xonali uy qurib bitkazildi.

Kecha mazkur xonadon Mehriban Qoshimbetova va uning besh nafar farzandiga tantanali vaziyatda topshirildi.  

Ehtiyojmand oilaning turmush darajasini yaxshilash, bolalarning munosib sharoitda kamol topishiga o‘z hissasini qo‘shgan, ularga bir olam xursandchilik ulashgan saxovatli homiylardan, qo‘li gul ustalardan, barcha xalqimizdan Alloh rozi bo‘lsin.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz