«Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro filiali tomonidan homiylar ko‘magida Qorako‘l tumanida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila uchun uy qurish ishlari boshlab yuborildi.
Shuningdek, filialga murojaat qilib kelgan ehtiyojmand fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar xayriya sifatida tarqatildi.
Mazkur xayrli ishlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash hamda insonparvarlik va saxovat tamoyillarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Savobli ishlarga hissa qo‘shayotgan barcha homiylarga minnatdorlik bildiramiz!