Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
KO‘KALDOSH MADRASASIDA BAYRAM

Bugun, 24-sentabr kuni Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Ustozga ehtirom – ilmga ehtirom» shiori ostida yuksak saviyada ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ustoz va mudarrislarning jamiyat ma’naviy hayotidagi, yosh avlodga ilm-ma’rifat va odob-axloq asoslarini singdirishdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. Uzoq yillardan buyon ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.

Bayram tadbiri doirasida 7 nafar ustoz-o‘qituvchining har biriga 5 million so‘mdan, jami 35 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi. Shuningdek, 28 nafar mudarrisga oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalar taqdim etildi.

Mazkur ezgu tashabbus ustozlarning ko‘p yillik mehnatini qadrlash, ularga bo‘lgan hurmat va ehtiromni amalda namoyon etish hamda ilm yo‘lida xizmat qilayotgan fidoyi insonlarni qo‘llab-quvvatlashning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom! 

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz