Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
“Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning moddiy va ma’naviy merosi” mavzusida tarixiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

“Vaqf” fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan Farg‘ona shahrida joylashgan “Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”da buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan “Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning moddiy va ma’naviy merosi” mavzusida tarixiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ta’lim muassasasining 200 nafardan ortiq talabalari hamda ustozlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida tarixchi, islomshunos va sharqshunos olim Muso Ershili Amir Temur davlatchiligi, uning yuksak siyosiy tafakkuri hamda boy moddiy va ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’ruza qildi.

9k=
Uchrashuv yakunida eng faol ustozlar va talabalar “Vaqf” fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan esdalik sovg‘alari — tarixiy va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy hamda ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashini yanada boyitish maqsadida ta’lim muassasasi kutubxonasiga filial tomonidan kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.


🤝 VAQF" XAYRIYA JAMOAT FONDI matbuot xizmati

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz