Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
FARG‘ONADA YANA BIR OG‘IR BEMORNING HOLIDAN XABAR OLINDI

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus’haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:

«Kim bir jonni saqlab qolsa, bas, go‘yo barcha odamlarni saqlab qolibdi».
(Moida surasi, 32-oyat)
Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:
«Kim bir mo‘minning dunyodagi g‘amlaridan bir g‘amni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi g‘amlaridan birini aritadi».
(Imom Muslim rivoyati)
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

Ushbu ezgu ishlarga hissa qo‘shayotgan himmatli xalqimiz, fidoyi volontyorlarimiz va duogo‘y yurtdoshlarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin! Qilgan xayr-ehsonlaringizni dargohida qabul etib, savoblarini ziyoda aylasin.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz