Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
ILM YO‘LIDAGI EHSON – SADAQAI JORIYANING ENG GO‘ZAL KO‘RINISHIDIR

✅ "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan yana bir ezgu ish amalga oshirildi.
Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan “Hidoya” o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘quvchilarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi.

Ma’lumki, ilm talab qilish — Islomda eng ulug‘ ibodatlardan biri hisoblanadi.
✅ Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:
“Alloh sizlardan iymon keltirganlar va ilm ato etilganlarning darajalarini baland qiladi.” (Mujodala surasi, 11-oyat)
📖 Demak, ilm egalarini qo‘llab-quvvatlash — aslida ularning martabasini yuksaltirishga xizmat qilish bilan birga, bunga sababchi bo‘lgan insonlar uchun ham ulug‘ ajr va savoblarga sabab bo‘ladi.
✅ Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ilm ahliga yordam berishning fazilati haqida shunday deganlar:
“Har bir yaxshilik sadaqadir. Yaxshilikka dalolat qiluvchi xuddi uni qiluvchi kabidir”
(Imom Muslim rivoyati)

Vaqf fondi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar — jamiyatda ilmga bo‘lgan e’tiborni oshirish, yoshlarni ma’rifat yo‘liga rag‘batlantirish hamda saxovatli insonlarning ehsonlarini haqiqiy manziliga yetkazish yo‘lida muhim qadamdir.

🤲 Alloh taolo ushbu savobli ishda hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlardan rozi bo‘lsin!

🤝 "Vaqf" xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmati

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz