Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
MЕHR VA SAXOVATGA YO‘G‘RILGAN TADBIRLAR SURXONDARYODA DAVOM ETDI

Xabaringiz bor, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joylardagi vakilliklari va «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan hududlarda sayyor tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday xayrli tadbirlarning navbatdagisi Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida tashkil etilgan sayyor tadbirlar doirasida dastlab mehmonlar Termiz shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurishdi. Fond rahbari ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog va tarbiyachilar bilan suhbatlashdi, bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng ta’lim muassasasiga homiylar hisobidan turli o‘quv qurollari, gigiyena vositalari va boshqa mahsulotlar topshirildi.
Shuningdek, shu kuni mehmonlar hududda istiqomat qilib kelayotgan 100 ta ehtiyojmand oila xonadoniga ham kirib borib, ularning yashash sharoitlarini o‘rganishdi. Muammolariga yechim izlandi. Kam ta’minlangan oilalarga 10 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi hadya qilindi.

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz