#Vaqf #Buxoro_viloyati
✅“Vaqf” xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan homiylar ko‘magida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tadbir amalga oshirildi.
✅ Joriy yilning 21-oktabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Buxoro shahar 3-son ko‘p tarmoqli, eshitish va gapirishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatida tahsil olayotgan 130 nafar bolajonga kuzgi kiyim-kechaklar ehson qilindi.
⏺ Umumiy qiymati 14 million so‘mlik ushbu xayriya yordami bolajonlarning kuzgi mavsumni qulay va iliq kiyimlarda o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Bunday ezgu ishlar orqali bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning ko‘nglini ko‘tarish hamda jamiyatda insonparvarlik va saxovat kabi fazilatlarni keng targ‘ib etish ko‘zda tutilgan.
➡️ Zero, bolajonlarga ulashilgan mehr, e’tibor va g‘amxo‘rlik — ularning qalbiga quvonch bag‘ishlaydigan eng katta ne’matlardan biridir.
Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!
Ushbu kartaga ehson qiling!
💳5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.