Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy viloyatida mehnati bilan hududlar obodligi va ko‘rkiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi insonlarga alohida ehtirom ko‘rsatildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi, Navoiy viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyati vakilligi hamkorligida 360 nafar obodonlashtirish tashkiloti xodimlariga bayram tuhfalari topshirildi.
✔️ Shahar va tuman tozaligi hamda obodligini ta'minlashda kechayu kunduz mehnat qilayotgan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlagan holda Mustaqillik ayyomi arafasida xodimlarga quvonch ulashildi. Ushbu ezgu amallar jamiyatda nafaqat hamjihatlikni balki bag‘rikenglik muhitini ham yanada mustahkamlaydi.
✅ Ezgu ishlar va xayrli tashabbuslar voha bo‘ylab izchil davom etmoqda.