Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Qashqadaryo viloyatida 35 nafar  bolalar uchun xatna to‘yi qilindi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida ezgu xayriya tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tavsiyasiga ko‘ra, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan boquvchisini yo‘qotgan hamda yetim 35 nafar bolajonning sunnat to‘ylari o‘tkazildi.

Bayram davomida bolajonlarga homiylar tomonidan velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar sovg‘a qilindi. Dasturxonlar yozilib, turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Bolajonlarning quvonchi, yuzlaridagi tabassum va bayramona kayfiyat ushbu ezgu tadbirning eng go‘zal lahzalariga aylandi.

Bunday xayrli tashabbuslar mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada yuksaltirish, ehtiyojmand oilalar va bolajonlarga ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu savobli ishga hissa qo‘shgan barcha homiy va saxovatpesha insonlardan Alloh rozi bo‘lsin!

Vaqf.uz sayti orqali o'zingiz xohlagan yo'nalishga ehson qilishingiz mumkin!

Ushbu kartaga ehson qiling!


💳 5614 6837 7800 0018 "Vaqf xayriya" nomidagi karta.


Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz