Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Qashqadaryoda 350 nafar obodlik fidoyisiga ehtirom ko‘rsatildi

Yurtimizning obodligi, ko‘chalarimiz va mahallalarimizning fayzu tarovati zamirida o‘z mehnati, fidoyiligi va sidqidildan qilayotgan xizmatlari bilan yurtimizga ko‘rk bag‘ishlayotgan insonlarning katta hissasi bor. Har tong o‘z vazifasini vijdonan ado etib, ko‘chalar va xiyobonlar, mahallalar va go‘shalarni yanada obod va pokiza etishga hissa qo‘shayotgan bu fidoyi insonlarning mehnati har qancha e’tirofga munosib. Zero, ularning mashaqqatli, ammo sharafli mehnati nafaqat atrof-muhitga fayz bag‘ishlaydi, balki qalblarda tozalik, ezgulik va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Bugun, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondi homiyligida Qashqadaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida ana shunday fidoyi mehnatkashlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga ehtirom ko‘rsatish maqsadida Koson tumanidagi "Hazrati Qusam ota" majmuasida xayrli va ezgu tadbir tashkil etildi.

Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan 350 nafar obodonlashtirish xodimi ishtirok etdi. Tadbir Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farxod aka Kushakov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda «Vaqf» xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari Norqo‘chqorov Rajabali domlalar ishtirokida tashkil etildi.

Tadbir davomida yurtimiz obodligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlariga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning mashaqqatli va sharafli mehnati munosib e’tirof etildi.

Zero, obod yurt va fayzli mahallalar ortida ana shunday mehnatkash, fidoyi insonlarning katta hissasi mujassam. Ularni qadrlash, mehnatini e’tirof etish va qo‘llab-quvvatlash — ezgulikning yana bir yorqin ifodasidir.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz