Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
Samarqandda 35 nafar bolaga xatna to‘yi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tomonidan ezgu xayriya tadbiri tashkil etildi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tavsiyasiga asosan viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan boquvchisini yo‘qotgan hamda yetim 35 nafar bolaga sunnat xatna to‘yi o‘tkazildi.

Tadbir davomida har bir bolajonga homiylar tomonidan velosiped, kostyum-shim va ko‘ylaklar sovg‘a qilinib, bayram dasturxoni yozildi. Bolajonlarga ulashilgan mehr va e’tibor ularning qalbiga katta quvonch bag‘ishladi.

Alloh taolo Qur’oni karimda marhamat qiladi:

“Nimani xayr-ehson qilsangizlar, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Har qanday qilgan ehsonlaringizni Alloh bilib turuvchidir.”
(Baqara surasi, 215-oyat)🤝 Ushbu xayrli tadbir mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlikning go‘zal namunasi bo‘ldi. Tadbirga o‘z hissasini qo‘shgan barcha homiy va saxovatpesha yurtdoshlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin, qilgan ehsonlarini dargohida qabul qilsin!

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali xayriya

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz